Jamiyat
Bolalar ombudsmani Qashqadaryoga safari davomida 7 oy mobaynida jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida yashovchi ayol tomonidan jinsiy qullikda saqlangani haqida xabar berilgandi. O‘shanda vaziyat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingandi.
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2009 yilda tug‘ilgan o‘sha qizdan xabar olgan va unga berilayotgan ijtimoiy ko‘mak, ta’lim-sharoitlari va psixologik yordam holatlarini o‘rgangan.
Xabarda aytilishicha, hozirda qizning ahvoli ancha yaxshilanib, barqarorlashgan. Psixolog tomonidan unga muntazam ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Pedagoglar jalb qilingan holda unga maktab dasturidagi asosiy fanlardan darslar o‘tilmoqda. Qiz ingliz tili va kompyuter savodxonligiga katta ishtiyoq ko‘rsatyapti, tasviriy san’atga esa alohida qobiliyati bor.
«Samimiy suhbatimiz davomida qizcha kelgusidagi rejalari bilan bo‘lishdi, eng asosiy maqsadi – ta’lim olib, huquqni muhofaza qilish sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga intilishini bildirdi. Bolalar ombudsmani bunday mudhish jinoyat qurboni bo‘lgan bolaning har tomonlama reabilitatsiyasi, o‘z tengdoshlari doirasida normal ijtimoiylashuvi va eng muhimi, ta’lim olish imkoniyatlari ta’minlanishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlaganlikda gumonlangan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Kitob tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q