Siyosat
“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantiriladi.
2024 yil 1 fevraldan tajriba tariqasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarining 2 nafardan sudyasini oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etiladi.
Boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, shu jumladan direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirishda ham tatbiq etiladi.
2024 yil 1 fevraldan:
kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi;
xotin-qizlarni kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
Bunda, ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70 foizi, biroq BHMning 5 barobaridan oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Xotin-qizlar.uz platformasi negizida “Band bo‘lmagan xotin-qizlar” moduli yaratilib, vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
2024 yil 1 martgacha “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ochiq tanlovlarda ishtirokchilarni baholash imkonini beruvchi elektron dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi hamda 2025 yildan har yili ushbu tanlov o‘tkaziladi.
Ishsiz xotin-qizlar zamonaviy milliy liboslarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bino va inshootning dastlabki 3 oylik ijara to‘lovi 2024 yil 1 yanvardan BHMning 10 baravarigacha miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
2024 yil 1 yanvardan:
xotin-qizlarning haq to‘lanadigan jamoat ishlari asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yurituvchi bo‘lib ishlashiga 11 oygacha muddatga ruxsat etiladi;
tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik natijasida jabrlanganlar ham kiritiladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q