Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil qilindi

Saqlash
17:35 / 25.12.2023 993 0

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

 

Dehqon bozorlari 2024-yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi. Tashkil qilingan bozorlar ro‘yxati:

 

Bektemir tumani — “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;

 

Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ;

 

Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori” AJ;

 

Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ;

 

Olmazor tumani — “Qoraqamish dehqon bozori” AJ;

 

Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ;

 

Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ;

 

Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;

 

Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;

 

Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ;

 

Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”AJ;

 

“Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ;

 

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//