“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li ham qo‘lga olindi

Saqlash
14:37 / 25.12.2023 1091 0

Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

 

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:\

 

1. Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li (1996-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

2. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (1994-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);
3. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (1983-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);
4. Badalov Djaxongir Djurayevich (1975-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik, firibgarlik);
5. Sulaymonqulov Sherali Ro‘ziyevich (1978-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
6. Tursunboyev Akmaljon Narimon o‘g‘li (1995-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik).

 

Tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

 

Fuqarolar agar ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishi so‘ralgan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//