O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilar mukofotlandi (ro‘yxat)

Saqlash
01:30 / 24.12.2023 1811 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

 

Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy ma’naviy merosimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi, yuksak bilimli va malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlarimizni buyuk allomalarimizga munosib avlod etib tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:    

 

«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

 

Turayev Abbasxan Sabirxanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

 

Yusupova Diloram Yunusovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

 

Namazov Shafaat Sattarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

 

Gusakova Svetlana Dmitriyevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi, profesor

 

Djalilov Abdulaxat Turapovich - «Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi direktori, akademik

 

Ibragimova Elvira Memetovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, profesor

 

Saidxanov Nasir Shakirovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi, profesor

 

Xojimatov Olimjan Kaxxarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i laboratoriya mudiri, professor

 

«Shuhrat» medali bilan

 

Aimbetov Izzet Kalliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

 

Ilyasova Saida Ravilevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi

 

Ishnazarov Oybek Xayrilayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti direktori o‘rinbosari, profesor

 

Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna - O‘zbekiston Milliy universitetining psixologiya kafedrasi mudiri, professor

 

Olimov Xusniddin Kosimovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori, professor

 

Payziyev Shermaxamat Daliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, professor

 

Xudayberganova Durdona Sidikovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, professor

 

Hayotov Abdullo Raxmonovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor

 

Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna - O‘zbekiston Milliy universitetining falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//