Oʻzbekistonda Xalqaro bolalar adabiyoti koʻrgazmasi tashkil etiladi

Saqlash
21:38 / 22.12.2023 1465 0

Prezident raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishida kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini koʻp ming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish lozimligi taʼkidlandi.

 

Shu bilan birga, har yili eng yaxshi badiiy asarlar yaratish, tarjima qilish uchun ijodiy buyurtmalar berilib, muallif va tarjimonlarga munosib qalam haqi toʻlanadi.

 

Allomalarimizning yoshligi haqida kitoblar yozish, yozganda ham bolalarbop qilib yozish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Bu ishlarni ragʻbatlantirish, yangi bosqichga koʻtarish uchun kelgusi yili mamlakatimizda Xalqaro bolalar adabiyoti koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//