Madaniyat
Prezident raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishida davlatimiz rahbari milliy seriallarimizni gʻoyaviy-badiiy va texnik jihatdan jozibali, hamma qiziqib koʻradigan darajaga yetkazish zarurligi taʼkidlandi.
Shu maqsadda “Milliy seriallar ishlab chiqarish konsepsiyasi” ishlab chiqiladi. Unda, avvalambor, mahalliy ijodkorlarimizga, xususan, ijrochi sanʼatkorlar, dramaturg va rejissyorlarimiz uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Buning uchun erkin iqtisodiy zona – “Cinema Park” tashkil qilish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Vazirlar Mahkamasiga “Cinema Park” uchun davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent viloyati hududidan 50 gektar yer maydoni ajratish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.
Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hokimlariga oʻz viloyatlarida “erkin iqtisodiy kinohududlar” barpo etish boʻyicha loyihalarni boshlash topshirildi.
Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli haqida koʻp qismli animatsion filmlar yaratishni ham nazarda tutish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
“Savol tugʻiladi: xalqimiz televizorni eng koʻp koʻradigan paytlarda, yaʼni, “praym-taym” vaqtida xorijiy seriallarga katta oʻrin berayotganimiz qanchalik toʻgʻri? Bu oldimizga kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Jumladan, milliy seriallar ishlab chiqarish boʻyicha mavjud tizimni tubdan isloh etish, bu yoʻnalishda ijodkorlarimizni qoʻllab-quvvatlash lozim”, — dedi Prezidentimiz.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q