Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
19:50 / 22.12.2023 1262 0

22-dekabr va 23−24-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat koʻtariladi.

 

“Oʻzgidromet”ning xabar qilishicha, 22-dekabr ikkinchi yarmida havo +8…+13 iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa +12…+17 iliqqacha isiydi. Kechalari ham havo iliq boʻladi, yakshanba kuniga kelib, harorat kechasi +2…+7 iliqqacha koʻtariladi.

 

Qayd etilishicha, hafta oxirida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda 24-dekabr, yakshanba kuni asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

 

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, Fargʻona vodiysining ayrim joylariga tuman tushishi kunduzi ham saqlanib turadi.

 

24-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Toshkentda 22−24-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan oʻrtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi +10…+12 iliq boʻladi, shanba va yakshanba kunlari esa kechalari +3…5 iliqqacha, kunduz kunlari +14…+16 iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//