Jamiyat
Bugun jahon miqyosida taraqqiyot surʼatlari misli koʻrilmagan darajada shiddatli tus olmoqda. Ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz bermoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishida gapirib oʻtdi.
“Ilgari oʻz maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim oʻtkazish, qarama-qarshilik va toʻqnashuvlar yoʻliga oʻtganiga hammamiz guvohmiz.
Afsuski, bunday keng koʻlamli va oʻta ziddiyatli jarayonlarning taʼsiri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi boʻlgan mamlakatimizni ham chetlab oʻtmayapti.
Ana shunday gʻoyat murakkab va tahlikali vaziyatda Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan toʻgʻri yoʻlni topish albatta oson boʻlmayapti.
Biz dunyodagi uzoq-yaqin barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga harakat qilyapmiz”, — dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, Prezident yaqinda poytaxtimizda oʻtkazilgan “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi konferensiya haqida ham gapirdi.
“Mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi gʻarb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur.
Yaqinda poytaxtimizda oʻtkazilgan “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi oʻrtasida katta qiziqish va eʼtibor uygʻotdi.
Bu ishlarni yanada kengaytirish va yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Prezident qarori qabul qilinadi.
Maʼrifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor boʻlib xizmat qilishi tabiiy.
Bu kimgadir yoqadimi yoki yoʻqmi, xalqimiz jadid bobolarimiz koʻrsatib bergan yoʻldan ogʻishmay borishi kerak. Chunki ularning gʻoya va dasturlari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uygʻun va hamohangdir”, — dedi Prezident.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q