Jamiyat
Toshkent havoning ifloslanish darajasi boʻyicha 22-dekabr 9:36 da dunyoning yirik shaharlari orasida yetakchi oʻringa chiqdi.
IQAir portaliga koʻra, soat 09:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 262 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifdagi koʻrsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-oʻrinni Bangladeshning Dakka shahri egallagan — PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 349 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pogʻonada — 336 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Lahor shahri yakun yasadi — 266 mkg/m3.
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi joylashgan Yunusobod tumanida havodagi dispers zarralarning konsentratsiyasi 335 mkg/m3 ga chiqqanini koʻrish mumkin — bu “xavfli” toifa hisoblanadi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, havo ifloslanishi koʻrsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tugʻdiradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q