Siyosat
Bugun, 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Muhammadjon Quronov olib bordi. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Foziljon Otaxonov tadbirni ochib berib, Konstitutsiya ta’rifi, tarixi va funksiyalari haqida gapirdi.
So‘ngra Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhiddinova inson huquqlari bo‘yicha ma’ruza qilib, barchani bayram bilan qutladi. Konstitutsiyamizning 22-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi”, deyilgani, buning amaldagi isboti sifatida pandemiya davrida 5 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz charter reyslari orqali yurtimizga olib kelinganini aytdi.
Navbatdagi ma’ruzachi – Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlemant tadqiqotlari institutining bo‘lim boshlig‘i Teshaboyev Akbarshoh maktablarda Konstitutsiyaga oid fanlarni o‘qitish bo‘yicha jahon tajribasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashdi. 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida 4 321 ta qonun; 4 519 ta Prezident hujjatlari; 9 609 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari; 7 491 ta vazirlik, davlat qo‘mita va idoralarining hujjatlari; 4.262 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, 1.469 ta xalqaro hujjatlar mavjudligini bildirdi.
Tadbirda, shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlemant tadqiqotlari institutining bosh ilmiy xodimi Amirbek Kenjayev “Yangi O‘zbekiston barqaror konstitusiyaviy taraqqiyot sari” mavzusida, Toshkent davlat yuridik universitetining 2-bosqich talabasi Abdulaziz Ravshanov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolarning burch va majburiyatlari” to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. Ma’naviyat va huquq hamisha yonma-yon olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi ta’kidlandi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q