Jamiyat
Meksika orqali noqonuniy yoʻllar bilan AQSHga borgan Oʻzbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi.
UzReport telekanali orqali efirga uzatilgan lavhaga koʻra, 2021-yilning oktabridan 2023-yilning oktabriga qadar AQSHda chegarani noqonuniy kesib oʻtishga uringan 13 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan.
Oʻzbekistonga qaytarilgan fuqarolardan birining aytishicha, Nikaraguadan Meksika orqali AQSH chegarasidan oʻtkazish uchun 5 ming dollar toʻlash kerak. Bundan tashqari, u sheriklari bilan yoʻlda xorij davlatlarining mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari toʻxtatganida 1,5—2 ming dollar bergan.
Yana bir vatandoshga koʻra, u toʻrt oy davomida AQSH qamoqxonasida saqlangan.
Sentabr boshida AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Oʻzbekistondan AQSHga odamlarni noqonuniy olib kirishga uringan jinoiy tarmoqni aniqlashga va faoliyatini toʻxtatishga muvaffaq boʻlgani maʼlum qilingan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
109727
Jamiyat
94105
Jamiyat
89892
Jamiyat
73092
Jamiyat
//
Izoh yo‘q