Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak – Prezident

Saqlash
21:51 / 20.12.2023 1297 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Davlatimiz rahbari mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotganini savol ostiga oldi.

 

“Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak”, dedi davlatimiz rahbari yigʻilishda.

 

Hozir “mahalla beshligi” planshet va kompyuter bilan toʻliq taʼminlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotgani savol ostida.

 

Masalan, yoshlar yetakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik boʻlimidan ishsizlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olib kelishga majbur.

 

“Qachon mahallaga raqamlashtirish toʻliq kirib borsa, shundagina “Elektron hukumat” ishlab ketdi, deb ayta olamiz”, dedi Prezident.

 

Mutasaddilarga 1-martga qadar “Raqamli mahalla” yagona platformasini ishga tushirish va “mahalla yettiligi”ni raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//