Davlat tashkilotlariga budjet mablagʻlari hisobidan korporativ yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi

Saqlash
21:18 / 20.12.2023 1257 0

Bosh vazir Abdulla Aripov davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami oldi oʻtkaziladigan korporativ tadbirlarni budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oʻtkazishni taqiqladi. Bu oʻtgan hafta bayramga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum boʻlgan.

 

Bosh vazir barcha vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va tijorat banklariga budjet va undan tashqari mablagʻlar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ yigʻilishlarni tashkil etish va bayram dasturxonini yozishni taqiqlagan.

 

Qayd etish kerak, hukumat rahbari oʻtgan yili ham budjet mablagʻlari hisobidan bayram tadbirlarini oʻtkazishni taqiqlagandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//