Jamiyat
Senatning 48-yalpi majlisida senatorlar Toshkent shahri yoʻllaridagi yer usti piyodalar oʻtish joylaridan (koʻpriklar)da lift va eskalatorlar ishlamasligi tufayli piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotganiga toʻxtaldi.
Xususan, Muqimiy (“Novza” metro bekati), Abdulla Qodiriy koʻchalaridagi koʻpriklarda lift va eskalatorlar ishlamasligini, Muqimiy va Lutfiy koʻchalari kesishmasidagi 2 ta koʻprik va Shota Rustaveli koʻchasidagi koʻprikda lift yoki eskalatorning oʻzi yoʻqligini alohida taʼkidlandi.
Chindan ham ushbu masala dolzarb ekanligini kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ushbu masalaga oid video ham tarqaldi. Unda odamlar, ayniqsa keksalarimiz, yosh bolalilar va nogironligi boʻlgan shaxslar koʻpriklardan oʻtishda qiynalayotgani va tabiiyki, norozi boʻlayotganini koʻrish mumkin.
Mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillarining izohlari eshitildi.
Koʻpriklar aholiga qulaylik yaratish uchun qurilganligi inobatga olinib, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklandi.
Muhokamalar davomida ushbu masala Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi nazorati ostida boʻlishi alohida taʼkidlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q