Jamiyat
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikamizning turli hududlarida Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari tashkil etilmoqda. Oyina.uz muntazam ravishda sizlarni yangi maskanlar bilan tanishtirib bormoqda.
Yilning so‘nggi oyi yangiliklarga boy bo‘ldi – 19-dekabr kuni yurtimizning turli manzillarida 10 dan ortiq Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari foydalanishga topshirildi.
Dastlab, Toshkent viloyatiga e’tibor qaratamiz.
Bekobod tumanidagi yangi maskanning ochilishi tuman hokimi v.v.b. U.Haqqulov kirish so‘zidan boshlanib, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va kitoblar ko‘rgazmasi bilan yakunlandi.
Oqqo‘rg‘on tumanidagi Ma’naviyat maskani ochilishida ham tuman hokimi T.Bobolov boshchilik sektor rahbarlari, faollar, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirok etishdi. Maskanning yangi binosi “Birlik” MFYga ko‘rk bag‘ishlab turibdi.
Toshkent tumanida foydalanishga topshirilgan maskan ham tuman aholisi, xususan nuroniylar va yoshlarni xursand qildi.
Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy yuksak fazilatlarni yuksaltirish maqsadida Yangiyo‘l tumanida ham Ma’naviyat maskani o‘z faoliyatini boshladi. Tuman hokimi ishtirokida bo‘lib o‘tgan marosim davomida maskan bilan yaqindan tanishildi.
Bu vaqtda Ohangaron shahrida ham hokim A.Eshonqulov muhtasham bino bilan shahar ahlini va yoshlarini qutlayotgan edi.
Bo‘kaliklar uchun ham Nuroniylar va ma’naviyat maskani kutilgan va yoqimli sovg‘a bo‘ldi. Tuman markazida faoliyatini boshlagan bu maskan ochilishida ham hududning eng nufuzli va faol vakillari ishtirok etdi.
Ana endi e’tiborni vodiy bo‘ylab yo‘naltiring. Andijon viloyatida faoliyatini boshlagan yangi maskanlar bilan tanishtiramiz.
Jalaquduq tumanida tashkil etilgan Ma’naviyat va ma’rifat maskanida ham endi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar hamda kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish mumkin.
Shu jumladan, Paxtaobod tumanida ochilgan yangi maskan ham aholi uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.
20-dekabr kuni hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, ziyo va maʼrifat ahlini bir joyga jamlash, ular orqali aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Qoʻrgʻontepa tumanida ham “Maʼnaviyat maskani” faoliyat boshladi.
Kuni kecha Farg‘onaning Qo‘qon shahrida ham bayram shukuhi hukm surdi. Xodimlar xonasi, kichik tadbirlar zali, zamonaviy kutubxona, ijodkorlik hamda IT dasturlash to‘garaklari tashkil etilgan muhtasham maskan aholini xursand qildi.
Navbat san’atsevar va jo‘shqin Xorazm viloyatiga yetib keldi. Viloyatdagi Tuproqqal’a tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman mutasaddilari, mahalla faollari, faxriylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiluvchi bunday maskan Yangiariq tumanida ham o‘z faoliyatini boshladi.
Viloyatdagi Bog‘ot tumanida ham qulay va manfaatli imkoniyatlarga boy maskan ochildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ham mehmon bo‘lamiz. Boisi, tumanning 1-sektor shtabi yonida yangi Ma’naviyat maskani faoliyatini boshladi.
Tanishtirishning navbatdagi nuqtasi Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga to‘g‘ri keldi. Endi bu hudud aholisi ham yangi maskandagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishi, kutubxona va to‘garaklardan doimiy ravishda foydalanishlari mumkin.
Viloyatdagi G‘ozg‘on shahrida 20-dekabr Ma’naviyat maskani foydalanishga topshirildi. Maskanning ochilishida shahar hokimi Azim Bazarov, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.
Yangi maskanlar faoliyatiga omad tilab qolamiz.
Sirojiddin RUSTAMOV
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q