Jamiyat
Toshkent shahrida “Doktor Maqsudova klinikasi”ning yangi filiali hamda Oʻzbekistondagi ilk innovatsion linzalar ishlab chiqarish laboratoriyasi ochildi. Markaz asosan yosh avlod salomatligini tiklashga qaratilgan.
Maʼlumki, hozirgi axborot texnologiyalari asrida turli gadjetlardan foydalanish natijasida butun dunyo boʻylab bolalar orasida “miopiya – uzoqni koʻra olmaslik” kasalligi koʻpaymoqda. Bu holat, albatta, barchani xavotirga soladi. Ushbu yoʻnalishda kelajak avlodni koʻrishini saqlash, ularda ehtimolli nogironlikni oldini olish maqsadida yangi tadqiqotlar, samarali diagnostika va davolash usullari ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada eng asosiy eʼtibor miopiyani nazorat qilishga va koʻrishni tiklash – vision terapiyaga qaratilgan.
Aynan shu maqsadni koʻzlagan ushbu markaz hozirgi kundagi eng zamonaviy tibbiy tashxislash va davolash uskunalarini, shuning dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan samarali texnologiyalar, shuningdek aynan shu tor yoʻnalishda yetarlicha tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni oʻzida jamlagan holda faoliyatini boshladi.
Markazda miopiyani nazoratini olib borish va bolalarda koʻrishni tiklash borasida vision terapiya muolajalari oʻtkazish maqsadida chet elning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan “Vizotronik”, “Rucheyek”, “Magnitostimulyator”, “Sinoptofor” kabi maxsus uskunalardan foydalanilsa, oftalmologiya sohasida barcha turdagi kasalliklarni tashxislash uchun yuqori texnologik va aniqlikdagi tashxislash usullari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek markazda oftalmologlardan tashqari, yosh avlodning salomatligiga kompleks yondashish maqsadida logoped defektolog, pediatr, bolalar nevropatologi, klinik laboratoriya faoliyat olib borishi bilan birgalikda, ularning tibbiy psixologik xususiyatlarini oʻrganish, tibbiyotning noinvaziv va nomedikamentoz usullarini keng tatbiq qilish nuqtayi nazaridan elektroensefalografiya tekshiruvi, BOS va BAK terapiya yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekistondagi ilk innovatsion linzalar ishlab chiqarish laboratoriyasi Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveysariya davlatlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar Oʻzbekistonda bu kabi linzalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan. Shunga qaramay DMS ortokeratologik (tungi) linzalarni ishlatishni boshlagan. Ushbu linza 2018-yildan hozirgi kungacha 2000 ga yaqin bemorda qoʻllanilgan. Kelgusida esa laboratoriyada 10000 tagacha ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Bu kabi linzalardan Yevropa davlatlarida faol foydalanib kelinadi. Maʼlumot uchun, mazkur linzalar eng asosiy foydali jihati miopiyaning oʻsishini toʻxtatadi. Yaʼni faqat yaxshi koʻrish emas, balki daʼvo hamdir. U tunda qoʻyiladi va bemor uxlaydi. Kunduzi esa bemalol aktiv harakat – sport, suzish va boshqa mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q