Jamiyat
Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati, Keles shahrida yashovchi K.T. tomonidan uning 2019-yilda tugʻilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar bogʻchasida jinsiy tegajogʻlik sodir etilganligi haqida murojaat qilingan.
Bolalar ombudsmani mazkur murojaatni Bosh prokuratura bilan birgalikda oʻrganishi natijasida Keles shahridagi xususiy bogʻchada boʻlgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajogʻlik qilinganligi yuzasidan 2023-yil 15-dekabrda JKning 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
“Gazeta.uz”ga koʻra, mazkur ishda bogʻcha mudirining oʻgʻli, 24 yoshli Z.B. gumonlanmoqda. U bogʻchada ishlagan yoki yordam berib yurgan.
Bundan tashqari, Toshkent tumani, Keles yoʻli koʻchasida Z.X. oʻzi yashab kelayotgan uyida 2023-yil 1-dekabrdan boshlab, tegishli ravishda ruxsatnoma olmasdan, hech qanday litsenziyasiz bolalar bogʻchasi tashkil etgani aniqlangan.
Toshkent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan ushbu xonadon oʻrganilganda, bu yerda sanitariya qoidalari jiddiy ravishda buzilganligi va bogʻchada ishlagan G.Q., Z.X lar tibbiy koʻrikdan oʻtmaganligi aniqlangan.
Jinoyat ishini tergovi davomida fuqaro Z.X ning litsenziya olmasdan maktabgacha taʼlim muassasasi ochib faoliyat koʻrsatganligi holatiga ham huquqiy baho berilmoqda.
“Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan hamda Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvi ostida”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q