Jamiyat
“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda mintaqa ekspertlari koʻmagida ilk bor “Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari” reytingini tuzdi.
Reytingga kiritilgan ayollar mintaqada turli sohalarga, shu jumladan siyosat, biznes, taʼlim, fan, sanʼat va ijtimoiy masalalarga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.
Nomzodlar roʻyxati shakllantirilgach, Harakatning mintaqa miqyosidagi ekspertlar guruhiga taqdim etildi. Ekspertlar nomzodlarni ham matematik, ham empirik metodlarga tayangan holda saraladi.
Saralash jarayonining birinchi bosqichida nomzodlar quyidagilarga qarab baholandi:
- egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga taʼsir qilish darajasi (10 ball);
- iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi (10 ball);
- ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligi (5 ball).
Ikkinchi bosqichda mintaqaning 300 yaqin ekspertlar ishtirokida onlayn ovoz berish jarayoni oʻtkazildi. Ovoz bergan ekspertlar tarkibida inson huquqlari boʻyicha ombudsmanlar, mintaqaning yetakchi “aql markazlari” rahbarlari, parlamentariylar, akademiklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bor.
Markaziy Osiyoning Top-40 yetakchi ayollari roʻyxati:
Ziroat Mirziyoyeva – “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Oʻzbekistonning birinchi xonimi
Aygul Japarova – “Ene-balaga tirek” jamoat fondi raisi, Qirgʻiz Respublikasining birinchi xonimi
Azizmo Asadullayeva – Tojikistonning birinchi xonimi
Tanzila Norboyeva – Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi
Dunyogoʻzal Gulmanova – Turkmaniston Milliy Gengeshi Mejlisi raisi
Saida Mirziyoyeva – Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi
Olga Perepechina – Qozogʻiston Senati Raisi oʻrinbosari
Jamila Isayeva – Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi (raisi) oʻrinbosari
Dilrabo Mansuri – Tojikiston Majlisi namoyondagon Majlisi Oli raisi oʻrinbosari
Daniya Yespayeva – Qozogʻiston Parlament Majlisi raisi oʻrinbosari
Zuhra Ibrohimova – Oliy Majlis Spikeri oʻrinbosari
Tamara Duysenova – Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari
Zulayho Mahkamova – Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari
Roza Otunbayeva – BMT bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili va BMTning Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasi rahbari, Qirgʻizistonning sobiq prezidenti
Ozoda Rahmon – Tojikiston Prezidentining ijroiya apparati rahbari
Zulfiya Suleymenova – Qozogʻiston prezidenti maslahatchisi
Nurjan Shayldabekova – Qirgʻiz Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi
Feruza Eshmatova – Oʻzbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)
Ajar Giniyat – Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri
Aida Balayeva – Qozogʻiston madaniyat va axborot vaziri
Zulfiya Davlatzoda – Tojikiston madaniyat vaziri
Gulnora-Klara Samat – Qirgʻiz Respublikasining Rossiyadagi elchisi
Madina Abilqasimova – Qozogʻiston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi raisi
Robaxon Mahmudova – Oʻzbekiston Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari
Umut Shayaxmetova – Qozogʻiston “Halyk Bank” boshqaruv raisi
Lyazzat Ibragimova – Qozogʻiston “Otbasi banka” boshqaruv raisi
Shoira Sodiqova – Tojikiston “Arvand” banki boshqaruv raisi
Kunsulu Zakariyo – Qozogʻiston Fanlar akademiyasi prezidenti
Svetlana Ortiqova – Oʻzbekiston Bosh prokurori oʻrinbosari
Myaxri Byashimova – Turkmaniston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari
Gayane Umerova – Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari oʻrinbosari
Sevara Nazarxon –Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Aziza Umarova – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Delivery Unit loyiha ofisi rahbari, jamoat arbobi
Gulbahor Mahkamova – Tojikiston Tadbirkor ayollar Milliy assotsiatsiyasining boshqaruv raisi
Nozima Davletova – Oʻzbekiston Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi
Natalya Nikitenko – Qirgʻiz Respublikasi davlat va siyosat arbobi
Roza Aytmatova – Qirgʻiz Respublikasi jamoat arbobi, xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi
Elvira Surabaldiyeva – Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi deputati
Irina Matviyenko – Oʻzbekistondagi NeMolchi.uz loyihasi asoschisi
Dinara Oshurakunova – Qirgʻiz Respublikasi “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalitsiyasi eksperti.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, Tanzila Norboyeva Oʻzbekiston tarixida Senatga raislik qilayotgan ilk ayol. Bungacha u Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2019-yilda “Eng faol davlat arbobi – Oʻzbekistonda yil odami” sifatida eʼtirof etilgan.
Roza Otunboyeva Markaziy Osiyodagi birinchi ayol prezident. Bugunda Qirgʻiz Respublikasi rivojiga koʻp tomonlama hissa qoʻshayotgan “Roza Otunboyeva tashabbusi” jamoat fondi asoschisi. U yetakchilik, diplomatiya, faol fuqarolik va xalqaro hamkorlik sohalarida 35-yildan ortiq kasbiy tajribaga ega. Fuqarolik jamiyati, davlat va xususiy sektorlar hayotini yaxshilashga qoʻshgan hissasi uchun Quvayt mukofoti bilan taqdirlangan.
Ekspertlar, shuningdek, Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi sogʻliqni saqlash, taʼlim, yollar, bolalar, yoshlar, nogironligi boʻlgan shaxslar va qariyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib kelayotganini eʼtirof etdi. Birinchi xonim xalqaro miqyosdagi yirik anjumanlar, sammitlarda faol ishtirok etib, ijtimoiy muloqotni mustahkamlashga, oʻzbek jamiyati rivojiga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Ozoda Rahmon Tojikiston hukumatida yuqori lavozimlardagi faoliyatidan tashqari, oʻzining xayriya ishlari, mamlakatda ayollar huquqlari va taʼlim sohasidagi islohotlarga taʼsir koʻrsatishi bilan tanilgan.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fanlar akademiyasi prezidenti Kunsulu Zakariyo biologiya fanlari doktori, professor, Al-Farobiy nomidagi fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti laureati. Olima ayol Qozogʻiston ilm-fanini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. U COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in (QazVac) vaksinasini ishlab chiqdi. 200 dan ortiq ilmiy nashrlar hamda ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar, monografiyalar, ixtirolar va meʼyoriy-texnik hujjatlar muallifi.
Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, shuningdek, gender tengligi masalalari boʻyicha faollik koʻrsatib, xotin-qizlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Jamiyatdagi muammolarni koʻtarib, ayollarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga munosabatini bildirib keladi. Xalqaro minbarlarda Oʻzbekiston nomidan soʻzga chiqib, yirik taʼlimiy va madaniy, ekologik loyihalarni taqdim etmoqda.
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining muloqot qilishi, hamkorlik aloqalarini kengaytirishi, tajriba almashishi uchun platforma yaratildi. Xususan, 2021-yilda Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining ilk muloqoti Oʻzbekistonda boʻlib oʻtdi. Muloqot natijasida Markaziy Osiyo ayollarining davlat boshqaruvi, preventiv diplomatiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlik va biznes, madaniyat, taʼlim, fan, sanʼat, gender tengligi va umuman barqaror rivojlanish sohalarida oʻzaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlarining tadbirkor ayollari ishtirokida biznes forumlar tashkil etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q