Dekabrning birinchi yarmida 73 mlrd soʻmdan ortiq energoresurslar talon-toroj qilindi

Saqlash
14:38 / 20.12.2023 888 0

Dekabr oyining birinchi yarmida 73 mlrd soʻmdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingan. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” maʼlum qildi.

 

Inspeksiya tomonidan dekabr oyining 15 kunida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 411 nafar isteʼmolchining energoresurslardan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Natijada davlat manfaatlariga jami 73,27 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

 

Xususan, talon-toroj qilish holatlari hududlar boʻyicha quyidagicha:

 

Toshkent viloyatida — 20 ta holatda 25,3 mlrd soʻm;

Toshkent shahrida — 30 ta holatda 11,3 mlrd soʻm;

Fargʻona viloyatida — 52 ta holatda 7 mlrd soʻm.

 

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

 

Inspeksiya mazkur resurslarga talab ortganida ulardan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy va oʻgʻrincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda taʼminot barqarorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatayotganini qayd etgan.

 

Tadbirkorlar elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//