Jamiyat
Qashqadaryoda togʻaning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga koʻchirib oʻtkazildi.
SSV xabar berishicha, Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi transplantatsiya amaliyotlari oʻtkazildi.
Kosonlik Muhriddin Gʻaniyev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli togʻasi Bahodir Panjiyevning buyragi koʻchirib oʻtkazildi.
Ayni paytda togʻa-jiyan oʻzlarini yaxshi his etmoqda.
27 yoshli Baxtiyor Egamov 2018-yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelar edi. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan soʻng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlandi. Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111856
Jamiyat
94681
Jamiyat
90678
Jamiyat
75354
Jamiyat
//
Izoh yo‘q