“Viloyatlaringga qaytib ketinglar” deya mahalliychilik qilgan bloger javobgarlikka tortildi

Saqlash
22:59 / 19.12.2023 1513 0

Beckoff taxallusi bilan faoliyat olib boradigan blogerning X (Twitter) tarmog‘iga joylagan mahalliychilik mavzusidagi videosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Foydalanuvchi ushbu videoda viloyatlik blogerlarga poytaxtdan ketish va o‘z hududlaridagi muammolarni yoritish “taklif”ini bergan. Shuningdek, ularni tamagirlikda ayblab, “o‘zi asfalt ko‘rganmisizlar?” degan ma’noda savol qoldirgan.

 

Ma’lum bo'lishicha, bu bloger o‘z sahifasiga bir necha yildan beri mahalliychilik mavzusida postlar, videolar joylaydi. Ularda  “kanalizatsiya ko‘rmaganlar”, “qishloqilar”, “men poyezdga osilib kelmaganman” mazmunidagi iddaolarni uchratish mumkin.



 

Mana shu asosda, bir necha kun oldin o‘ndan ziyod tarmoq faollari holatga qonuniy baho berilishini so‘rab, huquq idoralariga murojaat qilgan.

 

Bugun 19-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ushbu murojaatga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Sud hukmiga ko‘ra ayblanuvchi blogerga MJTKning 41-moddasi bo‘yicha BHMning 20 baravari (6 mln 800 ming so‘m) miqdorida jarima belgilandi.
 

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//