Jamiyat
Oʻzbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning soʻnggi bosqichi 2023-yilning 31-dekabr kuni yakunlanadi.
YHXXning maʼlum qilishicha, 2024-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Guvohnomani yangilashga ulgurmaganlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 13-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 340 ming soʻm jarimaga tortiladi.
Guvohnomani almashtirish uchun yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimlariga va Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlariga (faqat haydovchilik guvohnomalari) murojaat qilish mumkin. Fuqarolar u yerga eski haydovchilik guvohnomasi, avtomobil “texpasporti” va pasport bilan borishi kerak.
Oʻzbekistonda 2017-yil oktyabr oyida yangi haydovchilik guvohnomalari va “texpasport” joriy qilingan edi. Dastlab, 2020-yilning 31-dekabriga qadar guvohnoma va “texpasport” almashishni yakunlash rejalashtirilgandi. 2020-yil bahorida muddat bir yilga, keyin 2021-yil noyabrda — 2022-yil oxirigacha, 2022-yil aprelda — 2023-yil oxirigacha uzaytirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q