Sobiq Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov nega qamoqqa olindi?

Saqlash
16:07 / 19.12.2023 1277 0

Sobiq Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olindi. Oliy sud jinoiy ish boʻyicha maʼlumotlarni ochiqladi.

 

Unga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida bosh prokuror oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan A.V. (erkak, 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlagan)ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqilgan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 2023-yil 14-dekabrdagi ajrimi bilan bosh prokuror oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A.V.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

 

Maʼlumot uchun, Voitov 2022-yilning avgust oyidan Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlab kelgan. 2023-yilning 25-oktyabrida esa Prezidentning tegishli qarori bilan lavozimidan olingandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//