Jamiyat
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” Toshkentdan Qarshi va Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha qatnovlar qoʻyilishini maʼlum qildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 25, 26, 27, 28-dekabr kunlari 762/761-sonli Toshkent—Qarshi—Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli Toshkent—Qarshi yoʻnalishi
Toshkent 06:59 — Qarshi 10:33;
761-sonli Qarshi—Toshkent yoʻnalishi
Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.
Shuningdek, 29, 30, 31-dekabr kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyiladi:
775-sonli Samarqand—Toshkent yoʻnalishi
Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20;
776-sonli Toshkent—Samarqand yoʻnalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Bungacha talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizli chegirma eʼlon qilingandi. Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan yoʻlovchilarni bayramoldi kunlarda manzillariga xavfsiz yetkazish va ularga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentdan Urganch, Nukus, Samarqand va Qarshiga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q