Oʻzbekistonda yana anomal sovuq kutilyaptimi?

Saqlash
15:10 / 18.12.2023 1600 0

Oʻzbekistonda ushbu hafta boshida sovuq boʻlishi haqida xabarlar tarqaldi.

 

“Oʻzgidromet” mazkur xabarlarga munosabat bildirdi. Unga koʻra, haftaning birinchi yarmida qorli va ayozli ob-havoni olib kelgan sovuq antisiklon Oʻzbekiston hududidan tezlik bilan chekinadi. 17-dekabr, dushanba kuni respublika boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati koʻtarilib, kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi, bu dekabr oyining shu kunlari uchun iqlim meʼyoriga yaqin.

 

18-dekabr kuni salqin va nam havo massasi respublikaning shimoliy hududlariga, 19-dekabrdan esa qolgan hududlarga oʻta boshlaydi. Respublika boʻylab yogʻingarchilik boʻladi. Shimolda choʻl zonasi va togʻli hududlarda qor koʻrinishida yogʻingarchilik boʻladi. Havo harorati 18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; respublika shimolida kechasi 0-5 sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

19-dekabrda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliq; shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. 20-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; shimolda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha boʻladi, bu ham qish mavsumi uchun iqlimiy meʼyor hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//