“Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari gʻoliblari eʼlon qilindi

Saqlash
22:55 / 15.12.2023 2611 0

15-dekabr, juma kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” sanʼat saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlarining gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

 

Joriy yilda 6 ta nominatsiya boʻyicha quyidagi vazirlik-idoralar gʻolib deb topildi:

 

“Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha: “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati;

 

“Eng faol kitobxon vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha: Milliy gvardiya;

 

“Eng namunali ommaviy tadbirlar tashkilotchisi” nominatsiyasi boʻyicha: Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

 

“Eng faol targʻibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha: Mudofaa vazirligi;

 

“Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” nominatsiyasi boʻyicha: Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona,

 

“OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha: Ichki ishlar vazirligi taqdirlandi.

 

 

“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-oʻrin (88,5 ball), Soliq qoʻmitasi 2-oʻrin (87), Adliya vazirligi va Kadastr agentligi 3-oʻrinni (79,5) egalladi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim agentligi 4-oʻrin (77,9), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 5-oʻringa (75.3) munosib topildi.

 

Yakuniy natijaga koʻra, “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida Nurota tumani (Navoiy viloyati) 1-oʻrin (85,3 ball), Sayxunobod tumani (Sirdaryo viloyati) 2-oʻrin ( 82,9 ball), Olmaliq shahri (Toshkent viloyati) 3-oʻrinni (76,2 ball) egalladi. Shuningdek, Qorovulbozor tumani (Buxoro viloyati) 4-oʻrin (75,2 ball), Boʻston tumani (Andijon viloyati) 5-oʻringa (73,7 ball) loyiq koʻrildi.

 

 

 

 

 

 

“Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovining mutlaq gʻoliblariga Prezident sovgʻasi – “Damas” avtomobili va 15 million soʻmlik kitoblar toʻplami taqdim etildi. 2-oʻrin egalariga 40 million soʻm pul mukofoti va 12 million soʻmlik kitoblar toʻplami; 3-oʻrin sohiblariga 25 million soʻm pul mukofoti va 8 million soʻmlik kitoblar toʻplami; 4–5-oʻrinlarga esa 10 million soʻmlik pul mukofoti topshirildi.

 

 

 

 

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining majlisida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilda oʻtkazilgan “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda oʻz hududida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tavsiyasiga koʻra 14 ta tuman (shahar), ”Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida esa 23 ta vazirlik va idora ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//