Toshkent shahri va beshta viloyatdagi gaz zapravkalarga kiritilgan qoʻshimcha cheklovlar yumshatildi

Saqlash
19:50 / 15.12.2023 2195 0

Toshkent, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan qoʻshimcha cheklovlar yumshatildi.

 

“Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati xabariga koʻra, ular mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettiradi.

 

“Hududgaztaʼminot” tomonidan hozirgi vaqtda tabiiy gazni teng taqsimlash va isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.

 

Tabiiy gaz toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchilik kuzatilmayapti. Ammo ayrim joylarda isteʼmol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda va isteʼmolchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.

 

Muammolar kuzatilgan joylarda gaz taʼminotini yaxshilash borasida soha mutaxassislari tomonidan barcha kerakli ishlar davom ettirilmoqda. 2023-yilning 14-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 110,8 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bundan tashqari, suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 2193 tonna yoqilgʻi yetkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//