Jamiyat
“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Ushbu haftaning birinchi yarmida qor va sovuq ob-havo olib kelgan sovuq antitsiklon Oʻzbekiston hududidan tez chekinmoqda.
Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqqacha kuchsizlashadi, bugun kunduzi esa havo 4-9 daraja iliqqacha isiydi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat 3-8 daraja sovuq atrofida boʻladi.
15-dekabr, juma kuni kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubiy va janubi-gʻarbiy hududlarida kechga tomon baʼzi joylarda asosan yomgʻir koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻladi.
16-dekabr, shanba kuni janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomgʻir va qor koʻrinishida biroz yogʻingarchilik boʻladi. Kunduzgi havo harorati 0-5 daraja iliqqacha biroz pasayadi.
Togʻli hududlarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
17-dekabr, yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun va yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat 15-dekabrda 6-8 daraja iliq, 16-17-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 16-dekabrda 0-2 daraja iliq, 17-dekabrda 3-5 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q