Jamiyat
“Oʻzbekkosmos” Afgʻonistonda qazilayotgan Qoʻshtepa kanali qirgʻogʻidan suv sizib chiqishi hodisasi Amudaryo suv oqimi bilan bogʻliq emasligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bunga sizot suvlarining koʻtarilishi sabab boʻlgan. Ilgariroq, “Chegara bilmas daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi ekspertlari Afgʻonistonda qazilayotgan Qoʻshtepa kanali Amudaryo suvi bilan toʻla boshlaganidan keyin oqimning bosimiga bardosh bera olmagani va katta hajmdagi suv yaqin atrofdagi hududga tarqalgani haqida xabar bergandi.
“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan Qoʻshtepa kanalidan suv sizib chiqishiga oid xabarlar turli fazoviy oʻlcham aniqlikdagi multispektral kosmik suratlarning retrospektiv tahlili asosida oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishlarga koʻra, kanalni qazish ishlari olib borilayotgan hududlarda 2022-yil may oyidan boshlab yer osti sizot suvlarining koʻtarilishi aniqlangan. Qurilish davomida kanalning toʻrtta qismida sunʼiy toʻsiqlar qoldirilgan boʻlib, ular birinchi bosqich ishlari yakunida 2023-yil 10-oktyabrda toʻliq olib tashlangan va suv oqimi hosil boʻlgan.
Qoʻshtepa kanalidan sizib chiqqan suvning tarqalish hududi va maydonining kosmik suratlari
“Oʻzbekkosmos”ga koʻra, 2023-yil 4-noyabr kuni Qoʻshtepa kanalining 75,6 km qismida oʻng qirgʻoqning 30 metrga yaqin qismidan suv sizib chiqishi aniqlangan. 5-noyabr kuni suv tarqalgan hududning maydoni 19,5 kv.km, 25-noyabrda 23,8 kv.km, 13-dekabrda 30,3 kv.km.ni tashkil etib, suvni toʻxtatish choralari koʻrilmagan.
Qoʻshtepa kanalining Amudaryodan suv olish qismida qazilmagan hudud va daryodan suv olish joyining kosmik suratlari
Qurilish dinamikasining kosmik monitoringi kanalning Amudaryodan suv olish qismida qazish ishlari yakunlanmagani, daryoga ulanish joyida 20 metrga yaqin qazilmagan hududning mavjudligini koʻrsatgan.
Shu bilan birga, sizot suvlarini tashqariga yoʻnaltirish uchun kanal qirgʻogʻida maqsadli ravishda qazish ishlari olib borilgani (maxsus texnikaning ishlatilishi, qazib olingan tuproq hajmining paydo boʻlishi va hokazolar) boʻyicha vizual belgilar aniqlanmagan.
“Hozir suv sizib chiqish joyi atrofida sizot suvlari kamayib, kanal tubi asta-sekin qurib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q