Eron oʻzbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qildi

Saqlash
15:52 / 15.12.2023 1945 0

Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni maʼqulladi. Viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar orasida Oʻzbekiston ham bor.

 

 

Roʻyxatdan BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Hindiston, Rossiya, Livan, Qirgʻiziston, Tojikiston, Tunis, Mavritaniya, Tanzaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Indoneziya, Bruney, Yaponiya, Singapur, Kamboja, Malayziya, Vyetnam, Braziliya, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Xorvatiya va Belarus ham oʻrin olgan.

 

Yangilik toʻgʻrisida Eron madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zurgʻomiy Tehrondagi Vazirlar Mahkamasi yigʻilishidan soʻng jurnalistlarga maʼlum qildi.

 

Vazirga koʻra, hukumat butun dunyoga mamlakat eshiklarini ochmoqchi.

 

“Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqchi, eronofobiya bilan kurashmoqchi. Viza rejimining bir tomonlama bekor qilinishi Eronga bemalol keladigan chet el fuqarolari bilan muloqot qilish uchun imkoniyatdir”, — deb taʼkidladi Zurgʻomiy.

 

Zurgʻomiyning qayd etishicha, dastlab 60 mamlakat bilan viza rejimini bekor qilish taklifi berilgan, yakunda esa 33 ta davlat maʼqullangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//