Jamiyat
Husnutdin Xosilov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Sobiq kompaniya raisi iyul oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va ularni oʻzlashtirishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun ishdan olingandi.
Prezident oʻshanda Husnutdin Xosilov bilan bir qatorda avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “Oʻzsuvtaʼminot” rahbarlari, suv xoʻjaligi va transport vazirlari oʻrinbosarlari ishdan olinganini eʼlon qilar ekan, “xiyonat qilganga oʻrin yoʻq”, deya taʼkidlagandi.
Husnutdin Xosilov 1970-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1992-yilda Toshkent temiryoʻl muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2016-yil apreldan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer — bosh muhandisi lavozimida ishlay boshlagan. 2019-yilning fevralida 2002-yildan buyon kompaniya boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Ochilboy Ramatov oʻrnini egallagan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q