Jamiyat
Sirdaryo va Guliston tumanlarida aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Sirdaryo va Guliston tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning “Baxt” va “Boyovut” koʻmir ombori masʼul shaxslari va boshqalar ushbu tumanlardagi 114 nafar fuqaro nomidan arzon narxlarda koʻmir olgani toʻgʻrisidagi soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 309,9 tonna koʻmirni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q