Siyosat
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Oʻzbekiston boʻylab qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Kompaniya axborot xizmatining xabar berishicha, oliy taʼlim muassasalari, professional va kasb-hunar talabalari uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda quyidagi sanalarda va yoʻnalishlarda qatnovlar joriy etiladi:
Toshkent — Buxoro — Toshkent — 23, 25, 26, 29-dekabr;
Toshkent — Nukus — Toshkent — 23, 24, 29-dekabr;
Toshkent — Termiz — Toshkent — 23, 25-dekabr;
Toshkent — Fargʻona — Toshkent — 25-dekabr;
Toshkent — Urganch — Toshkent — 25, 26, 27, 28, 29-dekabr;
Toshkent — Qarshi — Toshkent — 27-dekabr;
Toshkent — Namangan — Toshkent — 29-dekabr.
Parvozlar jadvali bilan Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlarida va veb-saytda tanishish hamda aviachiptalarni xarid qilish mumkin.
Talabalar uchun moʻljallangan chegirmali aviachiptalarni xarid qilish uchun esa davlat universitetida oʻqiyotganingizni tasdiqlaydigan hujjat yoki QR kodga ega boʻlishingiz kerak. Chegirma sayt orqali xaridlarda amal qilmaydi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110268
Jamiyat
94359
Jamiyat
90240
Jamiyat
73709
Jamiyat
//
Izoh yo‘q