Jamiyat
Toshkent shahri va beshta viloyatdagi cheklovlar kiritilgan gaz zapravkalar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
“Hududgaztaʼminot” matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirgi vaqtda tabiiy gazni teng taqsimlash va isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda. Tabiiy gaz toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchilik kuzatilmayapti. Ammo ayrim joylarda isteʼmol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda va isteʼmolchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.
“Ayni vaqtda cheklovlar kiritilgan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi AGTKShlar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, aholi isteʼmolchilarida uzilishlarni oldini olish maqsadida 13-dekabr kuni poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi AGTKShlarning faoliyatida qoʻshimcha cheklovlar kiritilgandi. “Hududgaztaʼminot” hozirgi vaqtda belgilangan grafik boʻyicha 1179 tadan 547 AGTKSh ishlayotganini maʼlum qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q