Toshkentda 8-sinf oʻquvchisi tok urib vafot etgani ortidan maktab direktori oʻrinbosari qamoqqa olindi

Saqlash
17:41 / 14.12.2023 2010 0

Toshkentdagi maktabda 8-sinf oʻquvchisi tok urib vafot etishi ortidan ushbu maktab direktori oʻrinbosari qamoqqa olindi.

 

27-noyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 99-sonli umumtaʼlim maktabi 8-sinf oʻquvchisi A.A. maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgandi. STEning dastlabki xulosasiga koʻra, bolaning oʻlimi elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, oʻtkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va oʻpka shishi, chap qoʻl kaft sohasi elektr tamgʻasi natijasida yuz bergan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.

 

Maktabning xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//