Toshkent havosi bugun tongda xavfli darajani koʻrsatdi

Saqlash
16:26 / 14.12.2023 900 0

IQAir havo sifati monitoringi platformasida Toshkent shahri havosi 14-dekabr kuni ertalab “xavfli” (soat 9:17 holatida) deya qayd etildi, bunda ifloslanish darajasi meʼyordan 55 baravarga oshganini koʻrish mumkin, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

 

Havo sifati indeksi 300 dan oshsa, “xavfli” deb ataladi. Tavsifga koʻra, ushbu daraja barcha uchun jiddiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan sifat koʻrsatkichi hisoblanadi.

 

 

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning bildirishicha, poytaxtda atmosfera quyi qismi zaharli tutun bilan muallaq oʻralib turibdi. “Bu, taxminimcha, koʻproq koʻmir yoqish va boshqalar taʼsirida hosil boʻldi”, — dedi u.

 

Bunday ob-havo sharoitida ochiq havoda va uyda ham niqob taqish, havo tozalagichlardan foydalanish, derazalarni ochmaslik, tashqarida olib boriladigan faoliyat turlari bilan shugʻullanmaslik tavsiya etiladi.

 

Soat 10:00 ga kelib, sifat koʻrsatkichi “juda nosogʻlom” darajaga tushdi.

 

Oʻzgidromet 14-dekabrda Toshkentda havo oʻzgarib turishi, yogʻingarchilik kutimasligini prognoz qildi. Ammo havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi boʻyicha maʼlumot keltirilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//