Jamiyat
Bugun, 14-dekabr kuni soat 09:15 larda “18-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 53-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi A.A (staji 11 yil) boshqaruvidagi elektrobus ishtirokida YTH qayd etildi.
“Toshshahartransxizmat”ning xabar berishicha, u Uchtepa tumani, Oʻrikzor mahallasi, Zarafshon koʻchasi boʻylab harakatlanib borayotgan vaqtda, yoʻldagi muzlama sababli boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetidagi ustunga borib urilgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Yutong rusumli elektrobus texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilyapti.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
109726
Jamiyat
94105
Jamiyat
89892
Jamiyat
73092
Jamiyat
//
Izoh yo‘q