O‘zbekiston Prezidentining intervyusi qo‘shni mamlakatlarda qiziqish bilan qarshi olindi

Saqlash
14:59 / 06.12.2021 903 0

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakatning yetakchi nashrlari “Egemen Qazaqstan” va “Казахстанская правда” gazetalariga bergan intervyusi nafaqat mintaqamizda, balki MDH va boshqa xorijiy davlatlar jamoatchiligi orasida ham katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Mazkur suhbat, jumladan, ikki qo‘shni mamlakat ekspertlari, mutaxassislari tomonidan keng muhokama etilib, tahlil qilinmoqda. Tabiiyki, oddiy o‘quvchi uchun ham juda qiziqarli, xalqlarimiz manfaati yo‘lida har ikki tomon uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan ushbu maqola atrofidagi fikr-mulohazalar to‘xtagani yo‘q.

Davlatimiz rahbarining nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning joriy holati va istiqboli, balki butun mintaqada farovon kelajakni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar mazmun-mohiyati aks etgan fikr-mulohazalari, ayniqsa, Rossiya Federasiyasi matbuotida qizg‘in kutib olindi. Rossiyaning TASS, “regnum”, “rambler” singari dunyoga mashhur axborot agentliklari, shuningdek, “aa.com.tr”, “imag.one”, “rossapprimavera”, “finans” va boshqa nashrlarida Prezident fikrlaridan iqtibos keltirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//