Jamiyat
Toshkent shahrida avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalangan 7 nafar haydovchi ishdan boʻshatildi.
“Toshshahartransxizmat” AJning xabar berishicha, 11-dekabr kuni AJ boshqaruv raisi Anvar Joʻrayev tomonidan avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanish holati yuzasidan nazorat tadbiri (reyd) oʻtkazilgan.
Reyd natijalari boʻyicha 7 nafar haydovchi avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa vositasidan, yaʼni telefondan foydalanayotganligi aniqlangan. Amaldagi yoʻl harakati qoidalarining II-bob, 12-bandini (MJtKning 128-1-moddasi) qoʻpol ravishda buzganligi va korxona ichki mehnat tartib qoidalarini buzganligi uchun quyidagi haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
“Hurmatli jamoat transporti yoʻlovchilari! Agarda siz avtobus haydovchisining uyali aloqa telefonidan foydalanayotganliginining guvohi boʻlsangiz, ”Toshshahartransxizmat“ AJning 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni yoki bizning Instagramdagi rasmiy @toshbus sahifamizni belgilagan holda qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchi haqida post orqali xabar berishingizni soʻraymiz. Biz, albatta, ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini koʻramiz,”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q