Navoiy va Samarqand viloyatlarida zilzila qayd etildi

Saqlash
11:12 / 13.12.2023 837 0

O‘zbekistonning Navoiy va Samarqand viloyatlarida 13-dekabr soat 10:13 da zilzila kuzatildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Navoiy viloyati, Xatirchi tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 65,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,2. Chuqurlik — 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 306 kilometr janubiy-g‘arbda.

 

O‘zbekiston hududia sezilish kuchi:

 

Xatirchi tumanida — 3-4 ball,

 

Navbahor tumanida — 3 ball,

 

Navoiy shahrida — 2 ball,

 

Narpay tumanida — 2 ball,

 

Kattaqo‘rg‘on tumanida — 2 ball,

 

Nurota tumanida — 2 ball,

 

Paxtachi tumanida — 2 ball,

 

Karmana tumanida — 2 ball,

 

Qo‘shrabot tumanida — 2 ball.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish