Toshkentda avtobus boshqarayotganda telefondan foydalangan haydovchilar ishdan bo‘shatildi

Saqlash
15:22 / 13.12.2023 952 0

Toshkentda avtobus boshqarish vaqtida telefondan foydalanish holati yuzasidan reyd bo‘lib o‘tdi.

 

11-dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida 7 nafar haydovchi avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalangani aniqlandi.

 

Yo‘l harakati qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani sababli 89, 135, 44, 43, 35, 46 va 53-raqamli avtobuslarni boshqarib kelgan haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

 

“Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilardan avtobus haydovchisining telefondan foydalanganiga guvoh bo‘lgan taqdirda, 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishni yoki Instagram’da kompaniyaning @toshbus sahifasini belgilagan holda qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchi haqida post yoki storis qo‘yishni so‘radi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//