Ilm-fan
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi bilan olim va akademiklar, iqtidorli tadqiqotchilar, doktorant hamda aspirantlarni, barcha ilmiy xodimlarni tabrikladi.
“Avvalo, siz, azizlarni – zahmatkash olim va akademiklar, iqtidorli tadqiqotchilar, doktorant hamda aspirantlarni, yurtimizdagi barcha ilmiy xodimlarni bugungi qutlugʻ sana – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ulugʻ alloma Mahmud Koshgʻariyning “Olimning yostigʻi toshdandir”, degan soʻzlarida ilm ahli izlanib, mashaqqat chekib boʻlsa-da, doimo odamlarga nur ulashib yashaydi, degan hikmat mujassam ekanini sizlar albatta yaxshi tushunasiz.
Ushbu qutlugʻ ayyomda 80 yil mobaynida gʻoyat murakkab va sharafli yoʻlni bosib oʻtgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yurtimizda yuzlab atoqli olim va akademiklarni tarbiyalab, ilm-fan sohalari boʻyicha nufuzli ilmiy maktablar yaratishga katta hissa qoʻshganini minnatdorlik bilan taʼkidlaymiz.
Sizlarni, sizlarning timsolingizda mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi quvonchli ayyom bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman”, deyiladi prezident tabrigida.
Qayd etilishicha, akademiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, uning tarkibida yangi ilmiy tashkilotlar ochilib, tizimdagi muassasalar soni qariyb 1,5 barobar ko‘paydi. Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Yetakchi olimlar, iste’dodli yosh ilmiy xodimlarning faoliyati va ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ilm-fan namoyandalarining obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish doimo e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.
Fanlar akademiyasi a’zolarining ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash, sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchilar uchun imtiyozli asosda kvartiralar ajratildi, oilali yosh doktorantlar bepul uy-joylar bilan ta’minlandi.
Akademiyaning nufuzli xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlardagi ilmiy markazlar bilan hamkorligi kuchayib, ular bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lami ikki-uch barobar kengaydi.
Ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2025 yilga qadar 6 marta, 2030 yilgacha esa 10 marta oshirish rejalashtirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q