“Sovuq urgan” sabzavotlarni isteʼmol qilish salomatlik uchun xavflimi?

Saqlash
17:47 / 12.12.2023 1169 0

Sanepidqoʻmita “sovuq urgan” mahsulotlarni isteʼmol qilish salomatlik uchun xavflimi degan savol javob berdi.

 

Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga – SanQvaN, GOST (davlat standarti), tashkilot standarti asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan, deb yozadi tashkilot axborot xizmati.

 

Unga koʻra, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan maʼlum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim. Sovuq tushishi natijasida bozordagi ayrim sabzavot va meva mahsulotlarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. Bu mahsulotlar oʻzining organoleptik xususiyatlari – mazasi, taʼmini yoʻqotadi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi.

 

“Albatta, ular zaharlanishlarga olib kelmaydi, lekin barcha foydali xususiyatlarini yoʻqotadi va ularning muzdan tushgandan keyin saqlash muddatlari keskin kamayib ketadi”, — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot oʻrnida, “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0027-22-son SanQvaNning 79-bandida ham UOK (korxonalarda) muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xom-ashyosi va mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//