Jamiyat
Havo havo sovishi davom etayotgani tufayli 12-dekabrdan Oʻzbekistonning barcha hududlarida metan zapravkalar faoliyati soat 6:00 dan soat 12:00 gacha etib belgilandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.
Havo harorati keskin pasayishi munosabati bilan butun mamlakat boʻyicha tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolining ortishi kuzatilayotgani qayd etilgan.
“Ayrim joylarda isteʼmol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun bugundan AGTKSHlar ish vaqtiga oʻzgartirishlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gacha etib belgilandi. Ushbu choralar vaqtinchalik boʻlib, havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qoʻllanadi.
Noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilash ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur davrda alohida mahalla va xonadonlarda gaz yetishmovchiligini oldini olish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlaridan faqat birlamchi zaruriyatlar uchun foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini oʻchirishni soʻraydi”, deyiladi xabarida.
Tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligi eslatib oʻtilgan. Toʻlovlarni tuman gaz taʼminoti boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Avvalroq barcha hududlarda metan zapravkalar faoliyati cheklangan va shoxobchalar soat 8:00 dan 15:00 gacha ishlay boshlagandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q