Jamiyat
10-dekabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida 50-sonli avtobus hali yoʻlovchilar unga chiqib ulgurmasidan harakatlanishni boshladi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi.
MAN rusumli avtobus “Yunusobod mavzesi 9 dahasi — Chingeldi mahallasi” yoʻnalishida harakatlanayotgan boʻlgan. Haydovchi Sh. B. Qorasuv mavzesidagi “Universam bekati”da yoʻlovchilarni toʻliq tushirib-chiqarib boʻlmasdan, harakatlanishni boshlab yuborgan.
Shu paytda hali avtobusga chiqib ulgurmagan yoʻlovchi Т.М. yiqilib tushib, jarohat olgan.
“YTH sodir boʻlgan joyga tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, RSHTTYOMga olib borilgan va birinchi tez-tibbiy yordam koʻrsatilib, tashxis qilingan. Yoʻlovchi yuz qismi peshanasidan yengil jarohat olgani hamda oʻng qoʻli singani aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Holat shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q