Jamiyat
Oʻzbekiston hududidan sovuq havo massasi haftaning ikkinchi yarmidan chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi.
“Oʻzgidromet” maʼlumotlariga koʻra, 11-dekabr kuni sovuq va nam havo massasi asta-sekin respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Barcha joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Fargʻona vodiysi hududlarida esa yogʻingarchilik kechga yaqin boshlanadi.
12-dekabrda qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
11—12-dekabr kunlari respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli qor yogʻadi. Chorshanbadan jumagacha Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
11—13-dekabr kunlari sovuq kuchayadi va havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha pasayadi. Respublika janubida kuchli sovuqlar kutilmaydi, kechalari harorat faqat 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.
11—13-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
14—15-dekabrda Oʻzbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi. Ish haftasining oxirida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 11—12-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi, 13—15-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 11—12-dekabrda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 metr/sekundgacha kuchayadi. 12—15-dekabrda yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi.
Harorat 11-dekabrda 3-5 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi va kunduzi 5-7 daraja sovuq, 13-dekabrda kechasi 11-13 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja sovuq boʻladi. 14—15-dekabrda harorat kechasi 2-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q