Jamiyat
Shu kunlarda Germaniya poytaxtidagi metropoliten vagonlarida Oʻzbekiston turizm salohiyatiga bagʻishlangan videolavha namoyish etilmoqda. Bu haqida OʻzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish dasturi doirasida mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur sayyohlik reklamasi noyabr-dekabr oylarida Berlin metropolitenida namoyish etilmoqda.
Germaniyada istiqomat qiluvchi Lev Sverdlovning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston sayyohlar uchun juda manzur mamlakat sanaladi. Shu sababli, bu yurtga tashrif buyuradiganlarning katta qismi germaniyalik sayyohlarga toʻgʻri keladi.
Berlin metrosi eng asosiy koʻp foydalaniladigan jamoat transportlaridan hisoblanadi. Undan nafaqat shahar aholisi, balki butun dunyodan tashrif buyuradigan mehmonlar ham foydalanadi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112433
Jamiyat
95094
Jamiyat
91315
Jamiyat
76012
Jamiyat
//
Izoh yo‘q