Iqtisod
Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda Zarnews.
Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hujjatini ishlab chiqish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.
Ushbu mablag‘lar hisobidan Avstriyaning ILF Consulting Engineers Austria GmbH kompaniyasi tomonidan loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatni ishlab chiqish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 1,5 million yevro miqdoridagi mablag‘lar ajratildi.
Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tender savdo natijalariga ko‘ra Turkiyaning Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş. (PROYAPI) kompaniyasi g‘olib deb topilib, 1 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolangan. Bugungi kunga qadar konsultant tomonidan dastlabki hisobot va investitsiya oldi o‘rganish loyihasi taqdim etilgan hamda ishchi guruh tomonidan qabul qilingan. Loyihaning umumiy uzunligi 305 kilometrni tashkil qilmoqda.
Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 tasmali avtomagistral talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
“Toshkent—Samarqand pullik avtomobil yo‘li qurilishi natijasida harakat jadalligi taqsimlanishiga olib keladi. Yo‘l qoplamasining yuk ko‘tarish qobiliyati xalqaro standartlar bo‘yicha 13 tonna hisobida amalga oshiriladi hamda avtomobil yo‘lining xizmat qilish muddati 25 yil etib belgilangan”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q