Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga murojaat yoʻlladi. Murojaatni Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi – spichrayter Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi:
“Keyingi yillarda Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan 1 ming 30 dan ziyod mustabid tuzum qatagʻoniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklash yoʻlidagi yangi qadam boʻldi.
Ayni vaqtda, yurtimizda har yili avgust oyini “Qatagʻon qurbonlarini yod etish oyi” sifatida oʻtkazish, fidoyi vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari oʻrnatish, ularning vorislari hamda yaqin kishilariga hurmat-eʼtibor koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Mahalla idoralarida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni tashkil etish, har yili kamida 100 nafar qatagʻon qurboni hamda jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini aks ettiradigan toʻplam tayyorlash rejalashtirilgan”.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q